"Real" klubi yangi o'yinchilarni sotib olish uchun 372 mln evro (190 mln+182 mln kredit vositalari)ga ega.
Klub bu summalarni "PSJ" hujumchilari Neymar va Kilian Mbappening amalga oshmay qolgan transferlaridan iqtisod qilgan, deya xabar beradi As.
Shu tariqa, "Real" yangi futbolchilarni sotib olish uchun 372 mln evro sarflashi mumkin.
Ammo klub prezidenti Florentino Peresning rejalarida "Santyago Bernabeu" stadionini rekonstruktsiya qilish bor Bunga 575 mln evro kerak bo'ladi.
Hozircha, bu pullarning stadion rekonstruktsiyasiga sarflanishi aniq emas.