"Qirollik klubi" yangi futbolchisi Alvaro Odriosola El Ganso kiyimlar ko'rgazmasida ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.
"Men "Real"ga o'tayotganimda dunyoning eng kuchli klubiga o'tayotganimni yaxshi tushinib yetganman. Raqobatga tayyor holda bu yerga keldim va men endilikda 100% uchrashuvga tayyorman. Jarohatimdan qutilish uchun biroz vaqt ketdi, biroq endi o'zimni yaxshi xis etyapman. FIFA kunlari men uchun kerakli bo'ldi, sababi optimal formamga kirib olish uchun qulay fursat.
Eng yaxshi futbolchi? Kim yaqqol favorit bilmadim, biroq Luka Modrich sovringa hammadan munosib. U Chempionlar Ligasi g'olib, Xorvatiya bilan finalga chiqdi va bizning jamoaning asosiy figurasi bo'ldi. Kecha Ispaniya juda ajoyib o'yin ko'rsatdi, men bundan xursandman. Men Luis Enrike qo'l ostida ishlashni juda xohlayman.
Beylning FIFA tomonidan 55 ta eng kuchli futbolchilar ro'yxatidan tushib qolganidan xayratdaman. Chunki men har kuni Beylning qanday mehnat qilishini guvohi bo'layapman. U qilgan mehnatlarni boshqasi bajara olmaydi.
"San-Mames"da debyut o'tkazamanmi? Xulen biladi, men uchrashuvga tayyorman."
Bobojonov