"Qirollik klubi" "Santiago Bernabeu" ofisida Madriddagi Sanitas klinikasi (shifoxonasi) bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Shartnoma imzolash jarayonida Florentino Peres hamda klinika direktori Inyaki Erenyolar qatnashdi. Yangi shartnomaga ko'ra endilikda Sanitas 2021-yilgacha klub futbolchilari tibbiy ko'riklardan o'tkazadi.
"Madrid" bu shifoxona bilan 2008-yildan beri hamkorlik qilib keladi.
Bobojonov