"Real" klubi hamon "Portu" sarlori Ektor Errerani qo'shib olish niyatidan voz kechgani yo'q.
Madridliklar ustozi Xulen Lopetegi shu kunlarda Meksika terma jamoasi yarimhimoyachisi bilan uchrashgan va uni Ispaniyaga ko'chib o'tishga taklif qilgan. Ular "Portu"da birga ishlaganlar.
Erreraning o'zi portugal klubi bilan shartnomasini uzaytirishni istamayapti va yozda erkin agentga aylanadi.
Yozda "Inter" Errera uchun 40 mln evro tovon pulini to'lashni istamagan edi.