Xorvatiyalik futbolchi uchrashuvdan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
"Biz dastlabki 20 daqiqani zo'r o'tkazdik. Bizda 2-3 ta yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, ammo bundan foydalana olmadik. Birinchi golni o'tkazganimizdan so'ng, o'zimizga kela olmadik.
Ispaniya har doim yaxshi o'ynab keladi. Biz juda sekin o'ynadik, bu aynan raqiblarga qulay keldi. Hozir bizda og'ir damlar bo'lmoqda, bir qator futbolchilar terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Jahon eng yaxshi futbolchisi? Agarda bu sovrinni yutsam xursand bo'laman. Lekin menga jamoaviy sovrinm eng muhimi va har doim shunday bo'lib kelgan. Bu sovrinni yutmasam ham bundan xafa bo'lmayman", - deydi Luka.
Bobojonov