“Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoaga asosiy darvozabon tayinlashga yaqin turibdi.
Katta ehtimol bilan bu Tibo Kurtua bo'ladi. Belgiyalik darvozabon“Atletik”ga qarshi o'yinda maydonga tushadi.
Keylor Navas Lopetegini qarorini o'zgartirish uchun Kosta-Rikaning chaquruvidan bosh tortib mashg'ulot qilishni davom etdi. Biroq, ispaniyalik mutaxassis fikrini o'zgartirmadi.
“Real”da Karlo Anchelotti davridagiga o'xshab darvozabonlar musobaqaga qarab o'zgarmaydi.