"Real" himoyachisi Marselo Ispaniya soliq qonunchiligini buzishda aybdor deb topildi.
Braziliyalik futbolchi tergov bilan kelishuvga rishdi va 753 ming evro jarimaga rozi bo'ldi va 4 oylik shartli qamoq jazosini oldi. Uning yuristlari jarima summasini shu qadar kamaytirishga erishdilar.
Ispaniyada birinchi marta iqtisodiy jinoyat sodir etilganda ikki yilgacha bo'lgan qamoq jazosi shartli hisoblanadi.
Avvalroq, bu kabi voqeani "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham boshidan o'tkazgan edi.