“Real” a'zosi Garet Beyl “Manchester Yunayted”ning ko'p millionlik taklifini rad etdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, “qizil iblislar” rahbariyati Beylga yiliga 25 mln evro maosh taklif qilgan. Ammo uelslik futbolchi bu taklifni rad qildi. Ma'lumot uchun, futbolchining “Real”dagi yillik maoshi 14 mln evroga teng.
Xabarlarga qaraganda, Madrid klubi prezidenti Beylni 250 mln evro evaziga sotishga rozi ekanligini ta'kidlagandi. Futbolchining o'zi esa yangi murabbiy — Xulen Lopetegi boshchiligidagi bir haftalik mashg'ulotdan so'ng “Real”dan ketmaslikka qaror qilgan.