"Madrid" himoyachisi Dani Karvaxal shanba kungi o'yindan so'ng ingliz futbolchisi bilan a'loqaga chiqdi.
Shanba kuni Angliya va Ispaniya o'rtasidagi o'yinda Dani Karvaxal inglizlar himoyachisi Lyuk Shou bilan jiddiy kurashga kirishdi va raqibiga jarohat yetkazib qo'ydi. "Madrid" himoyachisi uchrashuvdan so'ng darxol Shouning xolatidan xabar oldi. Ma'lumot uchun, Lyuk o'sha vaziyat qurboniga aylandi va uchrashuvni oxirigacha davom ettira olmadi.
Angliya va Ispaniya o'yini yakunlangach Karvaxal inglizlar kiyinish xonasiga bordi, ammo 24 yoshli himoyachi allaqachon shifoxonaga olib ketilgan edi. Shundan so'ng Dani De Xeadan Shouning telefon raqamini olib uning xolidan xabar oldi. Lyuk Karvaxalga hammasi joyida ekanligini aytib o'tdi.
Bobojonov