"Real" jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduni boshqa klubga o'tmaslikka ko'ndiryapti.
Avvalroq, portugaliyaning A Bola nashri soliq jinoyati ayblovi tufayli Ronaldu Ispaniyani tark etmoqchi ekanini xabar qilgan edi. Marca xabariga ko'ra, Ronalduning Ispaniyadan ketmoqchi bo'layotgani rost xabar. "Real" prezidenti Florentino Peres vaziyatdan shaxsan xabardor qilindi.
Ronalduning fikricha, Ispaniya soliq organlari unga nisbatan adolatsiz qarorlar qabul qilmoqda. Shu sababli u faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettirmoqchi.
"Real" futbolchini qolishga ko'ndirmoqda. Avvalroq madridliklar 14,7 mln evro soliqni to'lamaganlikda ayblanayotgan futbolchini rasman qo'llab-quvvatlagan edilar.
Futbolchiga "MYu" va "PSJ" klublari davogarlik qilishmoqda. Ehtimoliy transfer narxi 180 mln evroga baholanmoqda. Shuningdek, Ronalduga xitoy klublari ham qiziqmoqdalar. "Real" hozircha, Ronaldu borasida taklif olmagan.