Urugvay yoshlar terma jamoasi a'zosi Xose Luis Rodriges faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirishi mumkin.
“Mening agentim klub rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Umid qilaman barchasi ijobiy hal bo'ladi”, deydi Rodriges.
21 yoshli futbolchi Urugvay chempionati “Danubio” klubi safida 51 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, futbolchi bilan Evropaning grand klublari ham qiziqmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “Real” “Napoli” yarim himoyachisi Petr Zelinski bilan ham qiziqmoqda.