Sobiq "Real" darvozaboni yaqin orada faoliyatini tugatishini ma'lum qildi. Portugaliyaning "Expresso" nashriga bergan intervyusida "Portu" futbolchisi kelajakdagi rejalari haqida gapirib o'tdi.
"Darvozabonlar bo'yicha murabbiy bo'lamanmi? Yo'q. Agarda men murabbiy bo'lsam, faqat darvozabonlar bo'yicha bo'lmayman. Menda katta tajriba bor va bu futbolchilar uchun katta saboq bo'lishi mumkin. Men 47 yoshimgacha futbol o'ynamoqchi emasman. 17 yoshimda 27 yoshgacha o'ynayman deb o'ylagan edim, keyin 32. Men hozirda faoliyatimni yakunlashga juda yaqin qoldim.
Mourinyo? Oradan 5 yoki 6 yil vaqt o'tdi va bu haqida gapirish no o'rin. Petr Chex, Janluidji Buffon va men - futboldagi eng qariya rok-yulzudlari bo'lib qoldik", - deydi Kasilyas.
Bobojonov