Braziliyaning “Fluminense” klubi hujumchisi Pedro Abreu jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Globo xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra moliyaviy inqiroz tufayli jamoa to'purarini sotib yuborishi mumkin. Futbolchi bilan “Milan” va “Real” klubi qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Pedro ushbu mavsum 19 ta uchrashuvda 10 ta gol urishga erishgan. Braziliya chempionati to'purarining transfer narxi tahminan 25-30 million evroni tashkil qilishi mumkin.