“Real” klubi hujumchi Vinisius Junior borasida yakuniy qarorga keldi.
“El Confidencial” nashriga ko'ra, Junior boshqa klubga ijaraga berilmaydi. U asosiy jamoa bilan shug'ullanishda va ikkinchi jamoa tarkibida maydonga tushishda davom etadi. Qachonki “qirollik klubi” ustozi Xulen Lopetegi tayyor deb hisoblasagina Junior “Real” safida maydonga tushishi mumkin.