"Fluminense" hujumchisi Pedro Abreu "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
21 yoshli futbolchi bir necha oy ilgari Rio-de-Janeyro shahri klubi bilan shartnomasini uzaytirgan va unga 50 mln evro tovon puli belgilangan edi. Ammo "Fluminense" Pedroni 20-25 mln evro evaziga sotishi mumkin.
Braziyaliya chempionatining 23-turidan so'ng Pedro 10 goli bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi. Unga "Real"dan tashqari "Sevilya", "Milan" va "Roma" klublari qiziqmoqdalar.
Pedro avgust oyida ilk marta Braziliya terma amoasiga chaqirildi, ammo jarohati tufayli uning o'rniga Risharlison taklif etildi.