"Real Madrid" yarimhimoyachisi Isko sobiq jamoadoshi Ronalduning "Yuventus"ga o'tib ketganidan so'ng jamoaning o'yini haqida gapirib o'tdi.
"Ochig'i Krishtianu eng yuqori saviyali o'yinchi, u har mavsum 50 ta gol ura oladi. Ammo biz bunday futbolni bilamiz. Agarda biz yakunda sovrinlarga ega chiqsak hech narsa yo'qotmagan bo'lamiz, biroq teskarisi bo'lsa biz u siz hech narsa yuta olmagan bo'lamiz.
Ayni damda biz Ronaldusiz ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqdamiz. Lekin hali mavsum endi boshlandi", - deydi Isko.
Bobojonov