Sky Sport Italia xabariga ko'ra, "Milana" posboni Janluiji Donnarumma klubini o'zgartirishga yaqin turibdi.
Manbaga ko'ra, 18 yoshli darvozabon uchun kurashda "PSJ"ni ortda qoldirayotgan "Real" etakchilik qilmoqda.
Madridliklar italiyalik posbonga yana bir yil o'z jamoasida qolishni taklif qilmoqdalar va keyingi mavsumda o'z saflariga qo'shib olmoqchilar.
Avvalroq, Donnarumma "Milan" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani xabar qilingan edi. Darvozabon klubdan yiliga 4,5 mln evro maosh talab qilmoqda, "Milan" 4 mln berishga tayyor.
Donnarummaning milanliklar bilan shartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga etadi, agar u shartnomasining oxirigacha o'ynasa, "Real" uchun mutlaqo bepulga tushadi.