“Real” “Atletiko” himoyachisi Lyuka Ernandesni sotib olish taklifi bilan chiqgan.
Bu haqda France Football nashri xabar tarqatdi. “Qirollik klubi” frantsiyalik futbolchi uchun 80 mln evro berishga tayyor bo'lgan.
Ernandesning o'ziga esa yilliga 12 mln evro maosh taklif qilgan. Shartnoma bo'lsa 2023 yilgacha mo'ljallangandi.
Ma'lumot uchun, Lyuka Ernandes “Atletiko”da 8,5 mln evro maosh oladi.