Florentino Peres orzu xavasli va xavaslarni ro'yobga chiqara oladigan insondir. Luis Figuni "Barselona"dan "Real"ga olib kelish, ketma-ket 3 marta Chempionlar Ligasini yutish v.h.z. "Madrid" prezidenti nafaqat bular haqida balki klubning keyingi prezidenti kim bo'lishi haqida ham qayg'uradi.
72 yoshli biznesmen hech qachon Rafael Nadal haqida fikrlarini yashirmagan: "Nadal "Real"ning butun dunyodagi buyuk elchisi", - deya 2011 yilda aytib o'tgan edi. Ushbu yozda esa Florentino Nadalni klub prezidentligi uchun nomzod sifatida qarayotganini ta'kidladi. Don "Qirollik klubi" qiroli sifatida 15-mavsumini o'tkazmoqda va u hech qachon klubdagi faoliyatini yakunlashi haqida gapirmagan. Ammo tennischining jamoani boshqarish potensiali yuqori haqidaligi tog'risida ko'p gapirib o'tgan.
Prezident bo'lishning eng katta muammosi shundaki bo'lajak prezident klub a'zoligiga 20 yil bo'lgan bo'lishi kerak, Nadal 20 yil klubda ishlashi uchun yana 13 yil kerak. 2031-yilga kelib esa Rafa 45 yoshga to'ladi. Shuningdek, nomzod o'z pullar jamg'armasini ham ko'rsatishi zarur.
Ko'pchilik shaxslar Peresdan so'ng jamoa sport-direktori Emilio Butragenyu prezident bo'lishini gapirmoqda, biroq Peresnjng o'zi bu nomzodni maqullamadi. Boshqa manbalarda esa ismini o'zgartirgan va hozirda Eduardo Fernandes de Blas deb aytilayotgan shaxs Florentinodan so'ng "blankos"lar taxtini egallashini aytilmoqda.
Bobojonov