“Real” Marseloni “Yuventus”ga qo'yib yuborishga tayyor.
Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatdi. Biroq, “qaymoqranglilar” 31 yoshli futbolchini faqat Aleks Sandroga almashmoqchi. Xabaringiz bor, Italiya klubi yozda Marseloning xizmatiga qiziqish bildirgandi.
Marselo “Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan chiqisholmayapti va jamoani tark etmoqchi. Lekin, “Yuventus” ushbu rokirovkani amalga oshirishga tayyormi, yo'qmi bu hozircha noma'lum.