"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya chempionatining 3-turida "Leganes" ustidan qozonilgan g'alaba (4:1) xususida fikr bildirdi.
"Benzemaning dubli? Asosiysi, uning gollari butun jamoa mehnatining natijasida kiritildi. Benzema qoyilmaqom o'yinchi va har doim shunday bo'lgan. U nima uchun mavsumni 30 yoki 40 ta gol bilan yakunlamasin? Unga tan berish kerak. U baxtiyor va jamoaga yordam bermoqda.
Darvozabonga kelsak, menda tezkor reja yo'q, ammo Kurtuani qo'yishga qaror qildik. Bizda uchta yaxshi darvozabon bor, shuning uchun eng to'g'ri qaror chiqarishga urinamiz. Bu safar Kurtuadan foydalanishga qaror qildik, bizda imkoniyatlar keng. Keylor Navas - bizning o'yinchimiz, "Jirona"ga qarshi zo'r o'ynadi va natijada UEFA tomonidan eng yaxshi darvozabon deb topildi", - deydi Lopetegi.