Ispaniya chempionatining 3-turida "Leganes" bilan o'yinda (4:1) debyut qilgan darvozabon Tibo Kurtua jamoadoshi Keylor Navas bilan munosabati haqida gapirdi.
"O'yin oldidan Keylor menga omad tiladi.
Biz raqobatchimiz, ko'p kulishamiz, mashg'ulotlarda ko'p mehnat qilamiz. Qarama-qarshilikni matbuot keltirib chiqaradi.
O'zimni yaxshi his qilyapman, ammo doim ritmda bo'lgan jamoaga qo'shilib ketish qiyin.
O'tkazib yuborgan golimdan xavotirdam emasman. Ishlashda davom etish kerak", - deydi Kurtua.