La Liganing uchinchi turidan o'rin olgan “Real Madrid” – “Leganes” uchrashuvi mezbonlarning yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Beyl gol urgan bo'lsa. Karrilo penaltidan Kurtuaning debyut uchrashuvini rasvo qildi. Birinchi bo'lim 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo'limni 48-daqiqasida boshi bilan darvozaning burchagiga to'pni to'g'irlab qo'ydi. Biroq, hakam avvaliga bu golni hisoblamadi lekin, VAR (videotakror)larga murojaat qilib ushbu golni hisobga oldi.
Biroz o'tib Benzema dubl qayd etgan bo'lsa, Ramos 4 daqiqa o'tib penaltidan gol urib hisbni yirik ko'rinishga olib kelib qo'ydi.
Shunday tarzda, “Real” ketma-ket uchinchi bor g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.
Real Madrid – Leganes 4:1
1 sentyabr, 23.45, “Santyago Bernabeu
Gol: Beyl (17), (Karrilo 24, pen), Benzema (48, 61 Benzema, Ramos 66, pen).
Real Madrid: Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Asensio (Sebalos, 78), Modrich (Isko, 62), Beyl (Vaskes, 85), Benzema.
Leganes: Kuelyar, Bustinsa, Silva, Xuanfran, Siovas, El-Jar (En-Nesiri, 70), Peres, Gumbau, Eraso (Mikel Vesga, 69), Santos (Rolan, 81), Karrilo.
Ogohlantirishlar: Modrich (3), Santos (27).