Portugaliyalik himoyachi Fabio Koentrau faoliyatini o'z yurtida "Rio Ave" jamoasida davom ettiradi. O'tgan mavsumda Koentrau "Sporting" jamoasida ijara asosida to'p surdi va asosiy tarkibdan muqim joy egalladi, xattoki Portugaliya terma jamoasiga ham chaqirildi. Ammo uning o'z qaroriga ko'ra Portugaliya bilan Jahon chempionatiga tashrif buyurmadi.
30 yoshli futbolchi futbolchilik sirlari aynan ushbu jamoada o'rgangan. Hozirda klub Koentrau bilan rasman shartnoma imzolaganini tasdiqladi va : "Uyingga xush kelibsan" deya post qoldirdi.
Ma'lumot uchun, "Rio Ave" o'tgan mavsumda Portugaliya chempionatida 5-o'rnni egalladi.
Bobojonov