Madridning “Real” klubi Mariano Diasni rasman tanishtirdi.
Futbolchi madridliklar safida 7-raqamda to'p suradigan bo'ldi. Bungacha bu raqam Krishtianu Ronalduga tegishli edi.
Eslatib o'tamiz, avval bu raqamda madridliklar safida Raymon Kopa, Amansio Amaro, Xuanito, Emilio Butrageno va Raullar to'p surgan.
25 yoshli ispaniyalik futbolchi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumni u “Lion” safida o'tkazgan. Bu yil esa, jamoa uni qaytarib sotib oldi.
O'tgan mavsum u 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 18 ta gol va 5 ta golli pas yozdirib qo'ygan.