«Real» yozda 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.
Marca xabariga ko'ra, Pepe klubni erkin agent sifatida tark etadi. Fabiu Koentrau Lissabonning «Sporting» klubiga ijaraga beriladi.
Alvaro Morata 90 mln evroga, Xames Rodriges 70 mln evro evaziga sotiladi. Ularga bir qator klublar da'vogarlik qilmoqda. Diego Lorente (8 mln) va Mariano Dias (5 mln) ham klubni tark etadi.
Natijada «Real» barcha transferlardan 160 mln evro ishlab olishi mumkin bo'ladi. Bu esa rekord ko'rsatkichdir.
Klubning amaldagi rekordi 113,5 mln evro bo'lib, bu mablag' 2013 yilda Gonsalo Iguain va Mesut O'zilning sotilishidan tushgan.