Xabaringiz bor, “Leganes” “Real” futbolchisi Markos Lorenteni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Biroq futbolchi oddiy klubda to'p surishni istamadi. Buni “Leganes” murabbiyi ham tasdiqladi.
“Biz u bilan bog'landik. Biroq futbolchining o'zi bizning safimizga qo'shilishni istamadi”, deya Pellegrino so'zlarini keltiradi AS.