Fabio Koentrau Xulen Lopetegining rejalar doirasida yo'q va klub u bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Hozirgi kunda portugaliyalik himoyachi "Sporting" bilan muzokaralar olib bormoqda va u yana Lissabonga qaytishni xohlaydi. Ma'lumot uchun, Koentrau o'tgan mavsumda ijara asosida "Sporting"da to'p surgan edi.
Chap qanot himoyachisining "Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2019-yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Lissabonliklar o'z navbatida Fabioni tekinga qo'lga kiritmoqchi.
Bobojonov