Tuttosport xabariga ko'ra, "Real" "Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Markos Alonsoning transferi bo'yicha oxirgi taklifni bildiradi.
Eslatib o'tamiz, Markos Alonso "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, bundan tashqari jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan Ispaniya termasi orqali yaxshi tanish.
"Ko'klar" asosiy o'yinchilaridan birini sotishni istamayaptilar, buning ustiga Angliyada transferlar oynasi yopilgan, shuning uchun Alonso uchun 60 mln evro so'ramoqdalar.