Kelasi hafta transfer bozori yakunlanishi arafasida «Real» muxlislari klub rahbariyati hamon Ronalduga munosib o'rinbosar olib kelinmaganidan tashvishda.
«Real Madrid» iyul oyi boshida o'zining barcha davrlardagi eng yaxshi to'purarini «Yuventus»ga kuzatib qo'ygach, uning o'rniga o'rinbosar olib kelishni unutib qo'ydi, chog'i.
Portugaliyalik super-yulduz Turinga ko'chib o'tganiga olti haftadan oshgan bo'lsada, hamon uning «Santyago Bernabeu»dagi taxti bo'sh turibdi. Stadionning yarmi esa bo'shab qolgan.
«Xetafe»ga qarshi o'yinga atigi 48 mingdan ortiq kishi stadionga tashrif buyurgan. Albatta yangi bosh murabbiy Xulen Lopetegi yangi taktik g'oyalarini amalga tatbiq qilganicha yo'q. Boz ustiga u Isko va Asensiodan super-qahramon yaratish ustida ish olib bormoqda.
Stadion yarmi to'lishiga ilk sabab albatta o'yinning juda kech vaqtga qo'yilgani hisoblanadi. Biroq Ronaldu klubga 2009-yilda kelib qo'shilganidan beri La Liga doirasida yuz bergan dastlabki past ko'rsatkichga aylandi.
Shu yilning 24-mayida «Malorka»ga qarshi 3-1 hisobidagi mag'lubiyatda ham «Santyago Bernabeu»ga 44270 muxlis tashrif buyurgandi. O'tgan turdagi ko'rsatkich o'sha vaqtdan beri navbatdagi past ko'rsatkich qatoriga kirdi.
Biroq klubning oldinda bundan ham murakkabroq masala turibdi. -> Davomi <-