Bugun ispaniyalik mutaxasis Xulen Lopetegi 52 yoshga to'ldi. Murabbiy 1966-yil 28-avgust kuni Asteausu shahrida dunyoga kelgan.
Lopetegi Ispaniya terma jamoasi boshqargan va terma jamoa bilan 20 o'yin o'tkazib birorta ham mag'lubiyat alamini totib ko'rmagan kam sonli murabbiylardan biri. U 19 va 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Ispaniya bilan Yevropa chempioniga aylangan. Shuningdek, Lopetegi 1989-yildan 1991-yillar oralig'ida "Real Madrid" darvozasini ham qo'riqlaganligini ta'kidlab o'tish joiz.
Bobojonov