Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gret kelajakda "Real" ustozi Zinedin Zidanga milliy terma jamoa topshirilishi mumkinligini aytdi
"Bu voqealar rivojining to'g'ri davomidir. Bu bir kun kelib amalga oshishi mumkin. Ammo hozir Zidan "Real"ga ko'p narsalar bera olishi mumkin. Unga bu klubda ishlash juda mos kelyapti.
Bunga ishongim kelmayapti. Ikki-uch yil avval u bilan suhbatda bo'lgan edim. Men unga "Bordo" yoki Frantsiyaning biron bir jamoasini boshqarishini taklif qilgandim. Ammo u "Real"ni boshqardi va jilovlash qiyin bo'lgan futbolchilar bilan muvaffaqqiyatga erishdi. O'yinchilarga u bilan ishlash yoqadi. Uning o'z uslubi bor", - deydi Le Gret.