Madridning “Real” klubi yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegining harakatlari jamoada ichki nizo keltirib chiqardi. Kiyinish honasida klub futbolchilari ikkiga ajrab olishgan. Bu haqda Football Espana xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qirollik klubi”ning ayrim futbolchilari Lopetegi uslubidan norozi.
Manbaga ko'ra, jamoa sardori Serxio Ramos, Isko, Marko Asensio, Nacho Fernandes va Lukas Vaskes Lopetegini qo'llab quvvatlayapti. Yana bir tomonda klub yulduzlari Marselo, Luka Modrich, Toni Kroos va Rafael Varan bosh murabbiy uslubidan norozi.Hozircha “Real” rasmiylari bu ma'lumot haqida izoh berishni istashmadi.