PSJ hujumchisi Neymar sobiq jamoasi “Barselona” qarorgohiga tashrif buyurdi. Braziliyalik futbolchi o'sha erda jurnalistlaring “Real”ga o'tishi to'g'risida berilgan savolga javob berdi.
“Real? Meni PSJ bilan shartnomam bor va men bu jamoada o'ynashga majburman”, deya Neymar so'zlarini keltiradi Sport.es.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ispaniya matbuotida Neymar 300 million evroga “Real”ga o'tishga rozi bo'lganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.