"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Ispaniya chempionatining 2-turida "Jirona" ustidan qozonilgan irodali g'alabadan so'ng (4:1) shogirdlarini maqtadi.
"Jamoviy o'yin natija keltiradi. Futbolchilarning xarakteridan mamnunman. O'yin og'ir o'tdi, ammo biz yaxshi futbol o'ynay olishimizni ko'rsata oldik.
Darvozabonga kelsak, ko'ramiz, vaziyat qanday kechar ekan. Menda uchta ajoyib darvozabon bor, qaror chiqaramiz. "Jirona"ga qarshi Navas qoyilmaqom o'ynadi. Kelaakda nima bo'ladi, ko'ramiz. Darvoza chizig'i uchun o'z fikrlarim bor, ammo hozircha indamayman.
Varan va Modrich ( ular ikkisi zaxirada qoldilar) jamoa bilan faol mashg'ulotda bo'ladilar. Bizda muqobil ko'p, raqobat jamoa uchun yaxshi", - deydi Lopetegi