Italiyaning “Roma” klubi “Real” futbolchisi Markos Lorenteni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'ldi. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qirollik klubi” “bo'rilar”ga rad javobini berdi. Avvalroq, Lorente “Espanol”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Markos La Ligada 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan.