«Real» rahbariyati Ispaniya prokuraturasining Krishtianu Ronalduga nisbatan e'lon qilgan rasmiy ayblovi yuzasidan bayonot berdi.
Avvalroq, futbolchi € 14,7 mln evro miqdoridagi soliqlarni yashirganlikda rasman ayblangan va ishi sudga oshirilgandi.
«Real» klubi Ronalduga ishonadi va uni qo'llab-quvvatlaydi. U soliqlar maslasida qonun doirasida ish ko'rgan. 2009 yilda jamoa safiga kelib qo'shilganidan buyon, Ronaldu soliq idoralarining barcha talablarini bajarishga tayyor ekanini bildirib kelgan.
Ishonchimiz komil, Ronaldu aybsiz ekanini isbotlay oladi. «Real» adolatli sud jarayoniga ishonch bildiradi va futbolchining aybsiz ekani isbotlanishiga ishonadi» - deyiladi bayonotda.