Madridning “Real” klubi hujumchisi Raul De Tomas “Rayo Valekano”ga ko'chib o'tdi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
23 yoshli hujumchi ushbu mavsumni ijara asosida “Rayo Valekano” safida o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, avval ham Raul De Tomas “Rayo”da ijarada o'ynagan.
O'tgan mavsum hujumchi Segundada 32 ta uchrashuvda 24 ta gol urgan edi. Futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.