“Real Madrid”ning yangi, yosh futbolchisi Vinisius Junior bilan 9 ta klub qiziqmoqda.
18 yoshli braziliyalik futbolchi “Real” bilan mashg'ulot o'tab, “Kastilya” safida to'p surishi ma'lum bo'lgandan keyin ispaniyaning o'zidan 7 ta klub futbolchini ijaraga olishni xohlamoqda. Bular “Rayo Valekano”, “Valyadolid”, “Betis”, “Real Sosedad”, “Leganes”, “Jirona” va “Espanol”.
Bundan tashqari, Vinisiusni Italiya va Frantsiya jamoalari “Udineze” va “Nant” ham ijaraga olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining o'zi “Real”ni tark etmoqchi emas. Ammo, uning agentlari “Kastilya”ga o'tishini salbiy qabul qildi.