Joriy yilning 10 iyun kuni Madridning “Real” jamoasi superyulduzi Krishtianu Ronaldu yana otalik baxtiga sazovor bo'lib, oilasida egizak farzandlar dunyoga kelgan edi.
Bu xabar tarqalmasdan bir kun avval Portugaliya terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan Latviyaga qarshi uchrashuvda yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Krishtianu Ronaldu uchrashuvda nomiga ikkita gol yozdirib qo'ydi.
Faqat Ronalduning Latviya terma jamoasiga urgan goli uchrashuvning asosiy voqeasi bo'lmadi. Chunki o'yin boshlanishidan avval, Krishtianu rigalik model Vera Alexnoni o'yinga taklif qilgan. Qizning o'zi Ronalduning shaxsan o'zidan olgan taklifnoma suratini Instagram'ga joylagan edi.
Ushbu post butun dunyo bo'ylab yashin tezligida tarqalib ketayotgan bir onda Vera darhol suratni sahifasidan o'chirib yubordi. Lekin jurnalistlar go'zal model qoldirgan suratni allaqachon o'zlariga saqlab qolishga ulgurishgandi.
Keyinchalik Vera Alexno Instagram sahifasiga o'chirib yuborilgan rasm o'rniga stadionda tushgan selfisini joyladi.