Madridning “Real” klubi darvozaboni Kiko Kasilya jamoada qolishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda. Tajribali darvozabon uchun turli jamoalardan takliflar bo'lmoqda. Ammo darvozabon “Real” bilan shartnoma asosida qolgan 2,5 million evroga ega bo'lishni istaydi. Bu darvozabonni ketishini qiyinlashtiradi.
Agar, “Real” Luninni ijaraga berib yuborsa Kasilya uchinchi darvozabon o'rnida qolishi mumkin.