UEFA avgust oyi oxirigacha "PSJ"ga nisbatan moliyaviy feyrpley qoidalarini buzganlik borasida qaror chiqaradi.
Bu masala bilan UEFA instantsiyasining arbitraj palatasi shug'ullanmoqda. Qaror bugun e'lon qilinishi ham mumkin.
Parijliklar jazo tariqasida o'zining qimmatbaho futbolchilaridan birini sotishga majbur bo'lishi yoki yangi o'yinchilarni sotib olish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Bu holda, "PSJ" bir yil avval keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan Kilian Mbappeni sotib ololmasligi mumkin (180 mln evro).
Vaziyatni "Real" diqqat bilan kuzatmoqda, madridliklar nafaqat Mbappega balki Neymarga ham qiziqib kelganlar.
Agar UEFA jarima bilan chegaralansa, parijliklar safini hech kim tark tmaydi.