Ispaniya COPE nashri xabariga ko'ra "PSJ" futbolchisi Kilian Mbappe "Real"ga o'tmaydi. Hozirgi kunda Ispaniya UEFA tomonidan "PSJ"ga qo'llaniladigan jazo sabab Kilian "Real"ga o'tish haqida shok xabarlar tarqalmoqda.
COPE nashrining xabariga ko'ra UEFA avvalo "PSJ"ning 2015-2017 yillar oralig'ida klubning uyg'un homiylar tomonidan sun'iy ravishda kiritilgan pullarni tekshiradi va futbolchilarning transfer qilinish tartiblarini tekshirmaydi. Shuningdek, UEFA bu tekshiruv, surishtiruv ishlarini 27-avgust kuni yakunlamaydi (oldinroq shunday ma'lumot berilgan edi). Bundan tashqari ushbu tekshiruvdan qaror faqatgina sentyabr oyida yakuniga yetadi, bu esa "PSJ"dan birorta super-yulduz tark etishini rad etadi.
Boz ustiga berilgan ma'lumotga ko'ra Kilianning "PSJ" bilan ijara shartnomasi 30-iyun kuni yakuniga yetgan va u allaqachon 1-iyuldan boshlab butunlay "PSJ"ga tegishli futbolchi.
COPE jurnalisti bu vaziyatni yoritar ekan so'zining so'nggida: bu yozda "Real Madrid" Neymar yoki Mbappeni sotib olish imkoniyati 0% teng ekanligini aytib o'tdi.
La Liga 2-tur o'yinlariga tahmin qoldiring
Bobojonov