"Real" OAV murojaat qilib, Ronaldu va soliq haqidagi materiallarda futbolchining klub formasida tushgan rasmidan foydalanmaslikni so'radi.
Seshanba kuni Ispaniya prokuraturasi portugaliyalik futbolchini soliq to'lashdan bosh tortgani uchun uni sudga bergan edi.
Prokuraturaning tasdiqlashicha, Ronaldu 2011 yilda soliq organlarini 1,4 million evroga aldagan, 2012 yilda 1,7 mln evroga va 2013 yilda 3,2 mln evro va 2014 yilda 8,5 mln evro soliqni yashirgan.
Eslatib o'tamiz, Madridning Marca va As gazetalari muqovaga Ronalduning Portugaliya termasi libosida tushgan fotosuratini qo'yganlar.