"Real" himoyachisi Fabio Koentrau jamoadan ketishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
30 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Sporting" tarkibida ijara asosida harakat qilayotgan edi. Jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Koentrauni mavsum uchun beriladigan umumiy qaydnomaga kiritmoqchi emas, portugaliyalik ham o'z navbatida jamoa bilan AQSH turnesiga bormadi. Hozirda Koentrau individual tarzda "Real" bazasida shug'ullandi.
Koentrau jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2018/19-yilgi mavsum oxirida o'z nixoyasiga yetadi, uning maoshi yiliga 4 mln yevroga teng. Hozirgi kunda uning agenti Jorje Mendesh va "Real" futbolchiga yangi klub izlamoqda.
Bobojonov