"Real" himoyachisi Fabiu Koentrau yozgi transferlar yopilguniga qadar klubini tark etishi mumkin.
Marca xabariga ko'ra, ayni paytda portugaliyalik futbolchi "Real" bazasida bo'lib turibdi va yakka holda shug'ullanmoqda. Futbolchining agenti Jorje Mendesh "Real" bilan birga uning uchun klub qidirmoqdalar.
30 yoshli futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2019 yilning yozigacha tuzilgan. Koentrau 2011 yilda "Benfika"dan madridliklar safiga o'tgan, orada "Monako" va "Sporting"da ijaraga berilgan.
May oyida OAV Koentrauning charchoq tufayli Portugaliya bilan JCh-2018ga bormasligini xabar qilgan edilar.