Ispaniya Primerasi prezidenti Xaer Tebas "Real" - "Barselona" o'rtasidagi "el klasiko"ning AQSh hududida o'tkazilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Avvalroq Halqaro chempionlar Kubogi musobaqasi tashkilotchisi bo'lgan Relevant kompaniyasi va Primera hamkorligi doirasida Ispaniya chempionatining bir nechta o'yini amerika shaharlarida o'tishi xabar qilingan edi. AQShdagi birinchi o'yin ushbu mavsumda bo'lib o'tadi.
"Yo'q, logistika nuqtai nazaridan "el klasiko"ni Nyu-York va AQShda o'tkazib bo'lmaydi. Ammo o'yinlarni o'tkazish g'oyasi yaxshi. Oldimizda raqamlar. To'rt yil davomida biz dunyodagi TV-huquqlarni uch barobarga oshirdik.
Primeraning rivojlanish strategiyasi mamlakat va regionga bog'liq. AQShda bajaradigan ishimiz, Germaniya, Polsha va Rossiyadagi ishlarimizdan farq qiladi. Startegiyamiz o'ziga xos, faqat NBA shunday choaralarni qabul qiladi.
Fakt shuki, faol rivojlanayotgan ikkita klub bor - "Barselona" va "Real". "Atletiko" sekin o'smoqda. Shunday qilishimiz kerakki, xorijiy investorlar "Valensiya", "Vilyarreal" yoki.. "Ueska" bilan qiziqishsin. Nima uchun yo'q?", - deydi Tebas.