"Real" klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Kaka portugaliyalik Krishtianu Ronaldu bilan madridliklar safidagi o'yinlarini esladi.
"Krishtianu bilan birga o'ynash zo'r edi, unga qarshi o'ynash ham yoqar edi. U doim musobaqalashishga intiladi va g'olib chiqishni istaydi.
Madridda o'tkazgan kunlarim yoqimli bo'lgan. Krishtianu bilan yaqin edik, bu barcha jamoadoshlar bilan ham bo'lavermaydi. Avval boshidan biz - Pepe, Marselo, Krishtianu va men, portugal tilida gapiruvchilar yaxshi do'st edik.
Ronaldu – do'stona va muomalali inson. "Yuventus" uni qo'shib olib to'g'ri qildi. U mehnati va professionalligi bilan yana uzoq vaqt davomida eng yaxshilardan biri bo'lib qoladi", - deydi Kaka.