Portugaliyalik himoyachi Fabio Koentrau bugundan boshlab "Real Madrid" bazasida mashg'ulotlarga kirishdi. Chap qanot himoyachisi o'tgan mavsumda Portugaliyaning "Sporting" klubida ijara asosida to'p surdi va klub prezidenti bilan kelisha olmagan futbolchilar qatorida o'z jamoasiga qaytib keldi. O'shanda prezident futbolchilarni tanqid qildi va bu tanqidni ko'tara olmagan 15 nafar "Sporting" klubi futbolchilari jamoani tark etishdi.
Ma'lumot uchun, Koentrau juma kuni rahbarlar va murabbiy bilan kelajagi borasida muhokama o'tkazadi.
Bobojonov