Ushbu yozda "Qirollik klubi" transferlarda ancha xotirjam bo'ldi. Ammo "Madrid" hali hamon super-yulduz futbolchini xarid qilishi mumkin. Muxlislarning ko'zi Parijda...
Transfer keyingi xaftada amalga oshishi mumkin, buning barchasi UEFAning qaroriga bog'liq. UEFA "PSJ" moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlik borasida tekshirilmoqda. Agarda ayblov o'z tasdig'ini topsa "Parij"ga sanksiya qo'yiladi va ular ma'lum muddatga transfer qila olisholmaydi. Yoki bo'lmasa ikki super-yulduzidan birini katta narxga sotishiga to'g'ri keladi.
Telemadrid va Onda Cero nashri xabariga ko'ra, UEFA yakuniy qarorni ushbu xaftada qabul qiladi. Madridliklarning diqqat markazi esa Kilian Mbappeda. Sababi Mbappe "PSJ" tarkibida ijara asosida to'p surmoqda va uning ijara muddati 27-avgust kuni yakuniga yetadi, agarda klub jazolanadigan bo'lsa "PSJ" Kilianni "Monako"dan sotib ololmaydi. Va shu sababli 18 yoshli fransiyalik jahon chempioni "Monako" tarkibiga qaytadi. "Qirollik klubi" esa "Monako" bilan ajoyib a'loqalari mavjud.
"Real Madrid" yosh futbolchi uchun "Monako"ga 180 mln yevro to'lashga tayyor. Qolgani UEFAning qaroriga bog'liq.
Bobojonov